Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston qizlari 'Technovation Girls Uzbekistan 2023” xalqa | Foydali LINK

O‘zbekiston qizlari "Technovation Girls Uzbekistan 2023” xalqaro tanlovi doirasida rekord miqdorda mobil ilova ishlab chiqishdi

Dastur Tech4Impact NNT tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi va “Yandex Go” onlayn-servisi bilan hamkorlikda tashkil qilindi.

Har yili Tech4Impact NNT tomonidan tashkil qilinadigan “Ayollar fan va texnologiyalar sohasida” Haftaligi doirasida “Girls in STEM Day” (“STEMda qizlar kuni”) tadbiri o‘tkazildi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida o‘tkazilgan tadbirda ishtirokchilar va jamoalar mentorlarining dasturdagi 4 oylik faoliyatiga yakun yasaldi.

Technovation Girls — qizlar uchun xalqaro texnologik tanlov bo‘lib, har yili dunyoning 160 ta mamlakatida o‘tkaziladi. Tanlovning maqsadi ishtirokchilarga “moslashuvchan” ko‘nikmalarni singdirish, qizlarni IT-texnologiyalarga, IT sohasidagi biznes va tadbirkorlikka qiziqtirishdan iborat.